MLS klublari 2025 yilda transferlar uchun taxminan 336 million dollar sarflagan.
AQSHdagi asosiy liga joriy yilda klublarning transferlarga sarflagan pullari bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
2024 yil taqvimida MLS klublari jami 188 million dollar sarflagan. Shunday qilib, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 78 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, 336 million dollar dunyoning barcha ligalari uchun 8-ko‘rsatkich bo‘lardi.
Bu yil uchun butun dunyo bo‘yicha natijalar keyinroq sarhisob qilinadi, chunki ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida transfer oynalari 1 sentyabrgacha yopilmaydi.
Ayni paytda MLS klublarining 2025 yil uchun yakuniy xarajatlari (o‘tgan haftada transfer oynasi yopilgan) Meksika chempionatidagi klublarning hozirgi jami summasidan deyarli ikki baravar ko‘p.
Ushbu mavsumda va liga tarixida eng qimmat transfer yarim himoyachi Son Xyon Minning "Tottenxem"dan "Los-Anjeles"ga 26 million dollarga xaridi bo‘ldi.