iks
ads

Ukrainalik futbolchi uchun kurashda "Benfika" yutib chiqdi

  • Mr.NoBoDy 31.08.2025 09:32
  • 272
  • 30

"Shaxtyor" yarim himoyachisi Georgiy Sudakov faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

22 yoshli futbolchini "Benfika" 6,75 million evroga bir yilga ijaraga oldi. Shuningdek, portugaliyaliklar ukrainalik futbolchini bir yildan so'ng 20 million evroga sotib olishlari shart. 

Sudakovning o'zi "Benfika"da 10-raqamda harakat qiladi. Shartnoma muddati 5 yilga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Sudakov uchun Evropaning bir qator TOP klublari qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchining o'zi rivojlanish uchun aynan "Benfika" end mukammal klub deb hisobladi.

Malumot uchun, Georgiy o'tgan mavsum "Shaxtyor" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 15 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar