Ispan klubi 25 yoshli vinger transferini elon qildi. Futbolchi Sevilya shahri jamoasi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq xabar qilinganidek, ispaniyaliklar futbolchi uchun 22 million evro to'laydi, bitimdagi boshqa bandlar bo'yicha yana 3 million evro bonus sifatida to'lanishi mumkin. Inglizlar braziliyalikning keyingi transferidan 50% ulush oladi.
Antoni o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Betis"da ijara asosida o'tkazdi.