iks
ads

Rasman: OCHL 2 arafasida "Andijon"ni legioner futbolchilardan biri tark etdi

  • Mr.NoBoDy 02.09.2025 23:32
  • 279
  • 30

Klub bu haqda rasman elon qildi.

"Andijon" klubi futbolchi Altin Kreziu jamoani tark etganini malum qildi.


"Altin Kreziu jamoamiz bilan xayrlashdi

Mavsum boshida “Andijon” safiga qo'shilgan sloveniyalik 23 yoshli yarim himoyachi Altin Kreziu jamoamiz bilan xayrlashganini malum qilamiz.

Aytish lozimki, har ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra amaldagi shartnoma bekor qilindi. 

Kreziu “Andijon” tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Altinga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!", -deyiladi klub bayonotida.

Malumot uchun, 17 sentyabr kuni "Andijon" klubi mehmonda "Arqadag'"ga qarshi o'yin bilan OCHL 2 dagi yurishini boshlaydi. O'zbekistonda esa yozgi transfer oynasi allaqachon yopilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar