"Birinchi birinchi yomon o'tkazdik. Maydon holati tufayli o'yinga kirishib ketishimiz qiyin bo'ldi. Raqibimizdagi tarkibdagi futbolchilar jismoniy jihatdan ancha kuchli va yirik gavdali edi. Bunday raqiblarga qarshi o'yinda esa to'p bilan tezkor muomalada bo'lish kerak. Biz birinchi taymdagi barcha "duel"larni yutqazdik. Birinchi taymda raqibimiz gol urishga munosib o'yin ko'rsatdi va gol urdi ham. 30-daqiqadan so'ng esa biz o'yinni nazorat qila boshladik. Biz g'alaba qozonishga munosib edik deb o'ylayman" - dedi Karlush Keyrush bugungi bahsdan so'ng.
- 2012 yilda JAR stadionida sizning boshchiligingizdagi Eron terma jamoasi so'nggi daqiqadagi gol evaziga O'zbekistonni mag'lub etgan edi. Bugun ham sizning jamoangiz so'nggi daqiqalardagi gollar evaziga g'alabani ilib ketdi. Keyrush jamoalariga xos bunday anananing siri nimada?
- Hech qachon taslim bo'lmaslik va har bir vaziyatda oxirigacha kurashish. Men futbolchilarimni oxirigacha o'ynashga majburlayman. Masalan, bugun 50-daqiqadan so'ng futbolchilar charchab qolishdi, lekin men yigitlar yaxshiroq o'ynashda va hujum qilishda davom etishga majburladim. Yakunda bu o'z mevasini berdi. Mening futbolchilar hech qachon taslim bo'lishi kerak emas. To'g'risini aytsam, bugun ko'proq gol urishimiz kerak edi.