iks
ads

Rovshan Meredov: "Ancha ishonchli o'yin o'tkazdik"

  • Mr.NoBoDy 03.09.2025 00:08
  • 224
  • 30

CAFA Nations Cup 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'zbekiston (1:2) uchrashuvidan so'ng nominal mezbonlar bosh murabbiyi Rovshan Meredov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

– O'yin ancha qiziqarli bo'ldi, gollar va qizil kartochka. Eng muhimi jamoam ancha ishonch bilan harakat qildi. Raqib oldida dovdirab qolmadik" - deydi Rovshan Meredov.

– O'zbekiston terma jamoasining qaysi jihati bugun jamoangizga ko'proq qiyinchilik tug'dirdi?

– Biz O'zbekiston terma jamoasining o'yinini ko'rdik va taxminan qanday o'yin namoyish etishidan xabardor edik. Umuman olganda, qiynalmadik desam ham bo'ladi. Birinchi golni o'tkazib yuboganimizda kichik xatoga yo'l qo'ydik. Birgina xato qildik va raqib bizni jazoladi. Biz O'zbekiston qanday hujum qilishini bilardik va o'z rejamizni tayyorlab qo'ygan edik.

– Didar Durdievning kech maydonga tushirdingiz. U maydonga tushgandan so'ng jamoa o'yini o'zgardi. Durdievning o'yini haqida fikr bildirib o'tsangiz?

– Biznig tarkibimizda uchta hujumchi bor. Bizda asosiy va "ikkinchi" degan tushuncha yo'q. Bugungi o'yinga shu tarkibni tushirishga qaror qildik. Yana bir jihatni etiborga olishingizni so'ragan bo'lardim. Yangi murabbiylar shtabi qo'l ostidagi bor-yo'g'i uchinchi o'yinimiz. Jamoa yangilanmoqda. Bizning asosiy vazifamiz - Osiyo Kubogi-2027ga chiqish.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar