iks
ads

"Paxtakor" 5 nafar tarbiyalanuvchisi uchun 432 million so'm oladi

  • Mr.NoBoDy 03.09.2025 23:24
  • 234
  • 30

Joriy yilning 12 avgustida O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

"Ushbu yig'ilishda Paxtakor klubining sobiq futbolchilari — Otabek Boymurodov ("Buxoro"), Shahzodbek Rahmatullaev ("Qizilqum"), Abubakir Ashurov ("Andijon"), Diyorbek To'laboev ("Neftchi") va Muhriddin Fazliddinov ("Xorazm") uchun mashg'ulot kompensaciyasi davolari ko'rib chiqildi. 

Qo'mita qaroriga ko'ra, yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilar bilan birinchi professional shartnomani tuzgan klublar (qavs ichida keltirilgan) Paxtakor klubiga umumiy hisobda 432 million so'm miqdoridagi mablag'ni to'lab berishi belgilandi. 

Liga Paxtakor klubining o'z tarbiyalanuvchilaridan belgilangan tartibda mashg'ulot kompensaciyasi ishlab olish bo'yicha amalga oshirgan ishlarini olqishlaydi. Shu o'rinda, boshqa klublarni ham o'z akademiyasida tarbiyalanayotgan futbolchilarning kerakli hujjatlarini to'g'ri tartibda yuritish va sobiq tarbiyalanuvchilari boshqa klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan taqdirda, tegishli tartibda ular uchun mashg'ulot kompensaciyasi talab qilishga chorlaydi", -deyiladi O'zPFL bergan bayonotda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar