iks
ads

Portugaliya prezidenti marhum Diogu Jotani orden bilan taqdirladi

  • Mr.NoBoDy 03.09.2025 23:56
  • 119
  • 30

Diogu Jota va Jorje Kosta vafotidan keyin Portugaliyada davlat mukofotlariga sazovor bo'lishdi.

Mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souza sobiq futbolchilarga "Xizmat ko'rsatgan" ordenining komandor unvonini berdi. Mukofotlar ularning yaqin qarindoshlariga topshirilgani Portugaliya futbol federaciyasi tomonidan malum qilindi.

Bundan tashqari, mamlakat Bosh vaziri Luish Montenegru Jota va Kostaga "Sport sohasidagi xizmatlari uchun" faxriy belgisini berdi. Ushbu mukofotlar Jotaning xotirasiga o'tkazilgan tadbirda uning yaqinlariga topshirildi. Tadbirda Portugaliya termasi futbolchilari qatnashdi.

"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota va uning Portugaliya ikkinchi ligasidagi "Penafiel" jamoasida o'ynagan ukasi Andre Teysheyra da Silva 3 iyul kuni Ispaniyada yo'l transport hodisasida halok bo'lishgandi. "Portu"ning sobiq himoyachisi Jorje Kosta esa 5 avgust kuni yurak xurujidan vafot etdi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar