2025 yilning yozida rekord darajadagi transferlar soni qayd etildi.
FIFA 1 iyundan 2 sentyabrgacha bo‘lgan davrda erkaklar futbolida 12 mingga yaqin, ayollar futbolida esa 1100 dan ortiq transfer amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Transfer xarajatlari 9,76 milliard dollargacha oshdi - bu yozgi transferlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Summa 2024 yilning shu davriga nisbatan 50% ga oshgan. Xarajatlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Angliya egalladi - 3 milliard dollardan ortiq. Shuningdek, ingliz klublari - Portugaliya va Braziliya bilan birga - kiruvchi transferlar soni bo‘yicha eng faol klubga aylandi.