iks
ads

Samyuel Umtiti 10 sentyabrgacha yangi jamoa topmasa, faoliyatini yakunlashi mumkin

  • Mr.NoBoDy 04.09.2025 08:24
  • 504
  • 30

U butsalarini mixga iladimi?

Franciya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan himoyachi Samyuel Umtiti agar 10 sentyabrgacha yangi klub topa olmasa, futbolchilik faoliyatini yakunlash niyatida. Bu haqda francuz nashri L'Equipe xabar berdi.

Malumotlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi Franciya, Italiya, AQSH va Yaqin Sharq mamlakatlaridan takliflar olgan, ammo ular sport nuqtai nazaridan uni qoniqtirmagan. Umtiti faqat bir necha oylik shartnoma uchun jamoaga qo'shilishni istamaydi — u haqiqiy o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan loyihani izlamoqda.

Futbolchi iyul oyidan beri klubsiz qolgan, chunki u "Lill" jamoasini tark etgan. 2024 yilning yanvaridan beri u tizzasidagi jarrohlik amaliyoti sabab maydonga tushmagan, ammo hozirda to'liq tiklangani aytilmoqda.

Umtiti Franciya terma jamoasi safida 31 o'yin o'tkazgan va 4 ta gol urgan. U 2018 yilda milliy jamoa bilan Jahon chempioni bo'lgan. Shuningdek, u “Barselona” tarkibida ikki marta Ispaniya chempioni, uch marta Qirol kubogi va ikki marta Superkubok sohibi bo'lgan. Ilgariroq "Lion" va "Lechche" jamoalarida ham to'p surgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar