Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Venesuelaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. U Janubiy Amerikadagi jahon chempionati saralashida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi - 72 ta o‘yin.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Janubiy Amerika saralashida 72 ta o‘yin o‘tkazgan ekvadorlik Ivan Xurtadoga yetib oldi. Uchinchi o‘rinda paragvaylik Paulo da Silva - 66 o‘yin.
Argentina terma jamoasi Messi bilan o‘tkazgan 71 o‘yinda 39 g‘alaba, 20 durang va 12 mag‘lubiyat qayd etgan.
38 yoshli Messi faoliyatini qachon yakunlashni rejalashtirayotganini hali e’lon qilmadi.