Braziliya Karlo Anchelotti qo‘l ostida mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
Braziliya terma jamoasi JCH-2026 saralashida Chili terma jamoasini mag‘lub etdi (3:0).
Karlo Anchelotti qo‘l ostida Braziliya terma jamoasi 3 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta g‘alabaga erishdi.
Avvalroq jamoa Paragvayni mag‘lub etgan (1:0) va Ekvador bilan durang o‘ynagan (0:0).
10 sentyabr kuni Braziliya chempionat saralashining so‘nggi o‘yinini Boliviyaga qarshi o‘tkazadi.