O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 4:0
Gollar: 1:0 – 20, Akmal Mozgovoy (Husniddin Aliqulov), 2:0 – 67, Otabek Shukurov (penalti), 3:0 – 82, Igor Sergeev (Otabek Shukurov), 4:0 – 90+3, Aziz Turg'unboev
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojakbar Alijonov (24.Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 88), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Akmal Mozgovoy (10.Aziz G'aniev, 73), 9.Odil Hamrobekov (7.Otabek Shukurov, 46), 13.Sherzod Nasrullaev (11.Oston O'runov, 46), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev, 73), 20.Hojimat Erkinov (19.Aziz Turg'unboev, 80), 22.Abbos Fayzullaev (8.Jamshid Iskanderov, 73), 23.Husniddin Aliqulov, 30.Alibek Davronov
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 35.Vladimir Nazarov, 15.Umar Eshmurodov, 27.Dilshod Komilov, 31.Ruslan Jiyanov
Qirg'iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotaev (13.Artyom Pradkin, 53), 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Qo'ziboev, 5.Arlen Beksulov, 7.Joel Kojo (24.Nurlanbek Sariqbaev, 81), 10.Guljigit Aliqulov (9.Ernist Botirxonov, 53), 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishenko, 19.Ermek Kenjaboev, 21.Kai Merk (17.Ulanbek Sulaymonov, 46), 23.Erbol Atabaev
Zaxira: 4.Azim Azarov, 6.Magamed Uzdenov, 11.Atai Jumashev, 16.Ruslan Amirov, 20.Esenbek Usun Ulu, 22.Amir Japarov, 25.Islam Yunusov, 26.Adil Qodirjonov
Ogohlantirishlar: Kai Merk (19), Arlen Beksulov (32)
Chetlatish: Valeriy Kichin (45)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi.
90+3. GOL! Turg'unboev hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi!
90+1. Shukurovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi.
88. O'zbekistonda o'zgarish.
82. GOL! Sergeev qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!
81. Qirg'iz Respublikasi tarkibida o'zgarish.
80. O'zbekiston tarkibida o'zgarish.
79. O'runov raqib jarima maydonida noaniq zarba yo'lladi.
Bugungi o'yinni "Olimpiya" stadionidan 3842 tomoshabin kuzatmoqda.
73. O'zbekiston tarkibida uch o'zgarish.
67. GOL! Shukurov penaltini aniq amalga oshirdi! O'zbekistonlik yarim himoyachi markazni aniq nishonga oldi!
64. Qirg'iz Respublikasi darvozasiga penalti belgilandi, to'p jarima maydoni ichida mehmonlar himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.
63. Shomurodov jarima maydoniga kirib bordi, ammo zarba yo'llay olmadi.
60. Davronovning olisdan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, biroz noaniq.
57. O'zbekistonliklarning ikki zarbasini himoyachilar qaytardi.
53. Qirg'iz Respublikasi tarkibida ikki o'zgarish.
VAR monitori orqali vaziyatni ko'rgan hakam golni bekor qildi. O'zbekistonliklar o'yin qoidasini buzgan deb topildi.
49. GOL! Shomurodov O'zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi, biroq gol urilgan vaziyatda raqib darvozabon va himoyachisi to'qnashib ketgandi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekiston tarkibida ikki, Qirg'iz Respublikasida bir o'zgarish
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.
45. Qirg'iz Respublikasi himoyachisi Valeriy Kichinga so'nggi umid foli sifatida qizil kartochka ko'rsatildi.
44. Shomurodovning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.
42. Kojo sherigini oldinga boshladi, Yusupov oldinga chiqib, to'pni tepib yubordi.
38. Guljigit Aliqulov raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi. Yusupov to'pni qaytardi.
37. Mehmonlar o'ng qanotdan xavfli hujum tashkillashtirdi, so'nggi pallada Alijonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
32. Arlen Beksulov qo'pollik uchun ogohlantirildi.
29. Guljigit Aliqulov va Hojiakbar Alijonov to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi.
26. Alijonov ofsaydda qolib ketdi.
VAR monitori bilan suhbatlashgan hakam gol urilgan vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etilmaganini malum qildi! 1:0!
20. GOL! Aliqulovning super uzatmasidan so'ng raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda qolgan Akmal Mozgovoy hisobni ochdi, ammo yon hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini malum qildi.
19. Merk Davronovga nisbatan xavfli o'ynagani uchun ogohlantirildi.
15. Fayzullaevning burchak uzatmasini Qo'ziboev bartaraf etdi.
12. Fayzullaevning jarimadan uzatmasini Kichin boshi bilan qaytardi.
7. Fayzullaevning burchak uzatmasi bartaraf etildi.
6. Erkinovning uzatmasidan so'ng to'p raqib jarima maydonida Beksulovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.
5. Erbol Atabaevning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan nuqtaga tegib qaytdi.
4. Hamrobekov jarima maydoni yaqinida fol ishlatdi. Jarima zarbasi.
1. O'yin boshlandi.