Franciyalik forvard ovoz berish yo'li orqali tanlab olindi. 26 yoshli hujumchi bu jarayonda Din Xeysen, Arda Gyuler, Orelen Tchuameni va Vinisius Juniorni ortda qoldirdi.
Avgust oyida "Real" LaLiganing uch o'yini barchasida g'alaba qayd etdi. Mbappe esa 3 bahsda 3 gol urishga muvaffaq bo'ldi.