iks
ads

Lotar Matteus: "Germaniya juda yomon o'ynadi. Hisob 5:0 bo'lib ketishi ham mumkin edi"

  • Mr.NoBoDy 05.09.2025 23:48
  • 142
  • 30

Lotar Matteus Slovakiyaga uchralgan mag'lubiyatdan keyin Germaniya termasini tanqid qildi.

- 0:2 hisobida mag'lub bo'lish odatiy holat, biroq bu qanday bo'lgani asosiysi. Natijadan ham ko'ra o'yinni to'laqonli boy berish ajablanarli holat. Juda yomon o'yin. Hisob 4:0 yoki 5:0 bo'lib ketishi ham mumkinligini hisobga olsak, 2:0 yaxshi natija. 2:0 hisobida mag'lub bo'layotgan ekansan, eng yaxshi futbolchi darvozabon bo'ladi va buning hulosasi yaxshilik bo'lmaydi.

Menga uning tajribalari maqul kelmayapti. Biz qanday o'ynadik, rejalar qanday edi, men umuman tushunmadim. Shuningdek, taktik o'zgarishlarni umuman oqlamayman.

- O'yindagi asosiy etibor Ryudiger hamda Virtcga qaratilgandek.

- Agarda bu o'yinni inobatga olsak, butun jamoani almashtirish kerak bo'ladi. Ryudigerda odatda ishtiyoqning kuchayib ketgani halaqit qiladi. Biroq bitta juda yomon o'yindan keyin barcha aybni ularga ag'darish to'g'ri kelmaydi. Yulian Nagelsmann bunday pallada nomlarga qarashi kerak emas. Agarda muammo kayfiyat va hissiyotlarda bo'lsa, Anton, Andrix va Shlotterbek kabi futbolchilarga navbat berish kerak, - dedi Matteus.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar