Bugun 5-sentyabr kuni Toshkent shahrida “CAFA Nations Cup-2025” turnirining “A” guruhi 3-tur uchrashuvlariga start berildi.
Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg’iz Respublikasiga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g’alaba qozondi.
Jamoamizning gollariga Akmal Mozgovoy (21′), Otabek Shukurov (67′), Igor Sergeyev (82′) va Azizbek Turg’unboyev (90+3′) mualliflik qildi.
Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 8-sentyabr kuni turnir g’olibligi uchun Eronga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs “Olimpiya” stadionida soat 19:30da start oladi.