Kuzda terma jamoalar uchun uch marta FIFA kunlari tashkil etiladi - sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildan boshlab taqvimda muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Shunday qilib, sentyabr va oktyabr oylari tanaffuslari birlashtiriladi.
FIFA saytidagi xalqaro taqvimga nazar tashlasangiz, 2026 yilda terma jamoalar o‘yinlari uchun kuzgi taqvim quyidagicha bo‘ladi.
Birinchisi - 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha (maksimal - har bir jamoa uchun 4 ta o‘yin);
Ikkinchisi - 9 dan 17 noyabrgacha (maksimal - har bir jamoa uchun 2 ta o‘yin).
Bu tamoyil 2030 yilgacha davom etadi. Keyingi kalendar hali tuzilmagan.