iks
ads

Rafinya Parijdagi Disneyland xodimlarini irqchilikda aybladi

  • Mr.NoBoDy 06.09.2025 12:22
  • 51
  • 30

«Barselona» futbolchisi Rafinya ijtimoiy tarmoqlarda uni qattiq ranjitgan voqea haqida gapirib berdi.

Braziliyalikning so‘zlariga ko‘ra, Parijdagi Disneyland’ga tashrif vaqtida uning kichik o‘g‘li irqchilik holatiga duch kelgan.

Insident burunduq qiyofasidagi animator bolalarni kutib olgan paytda sodir bo‘lgan.

«U navbatda turgan har bir bolani quchoqladi, lekin o‘g‘limdan tashqari. Bu haqiqiy haqorat edi», — deb yozdi Rafinya ijtimoiy tarmoqda.

Futbolchi bunday xatti-harakat mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini, ayniqsa, bolalarga xursandchilik ulashishi kerak bo‘lgan xodimlar tomonidan sodir etilganini ta’kidladi.

«To‘rt nafar xodim sharmandali munosabat ko‘rsatdi. Men buni jim qoldirolmayman. Ular bolalarni baxtli qilishlari kerak, dard ulashish emas», — deya qo‘shimcha qildi Rafinya.

Rafinya 2022 yili «Barselona»ga o‘tgan. Joriy mavsumda 28 yoshli hujumchi La Liganing uch uchrashuvida bir gol urdi va bir golli uzatma amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar