iks
ads

O'zbekiston MTJ Panini bilan hamkorlik qiladi

  • Mr.NoBoDy 06.09.2025 16:40
  • 183
  • 30

O'zbekiston futbol associaciyasi jahonning mashhur sport kollekciya brendi – Panini bilan hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdi.

Tarixda ilk bor O'zbekiston milliy terma jamoasi Panini'ning jahon miqyosida mashhur stiker albomidan joy oladi.  

Italiyaning Panini kompaniyasi bugungi kunda sport kollekciyalari, nashriyot va savdo kartochkalari sohasida dunyo etakchisi hisoblanadi. Kompaniya 1970 yildan beri FIFA bilan birgalikda Jahon chempionatiga bag'ishlab futbol ixlosmandlari uchun seriyali kollekciyalar taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunda Panini FIFA, UEFA, NBA, NFL hamda dunyoning etakchi futbol associaciyalari va klublari bilan faoliyat olib boradi. 

"Bu hamkorlik O'zbekiston futboli imijini mustahkamlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Panini rasmiy kollekciyasidan joy olish yurtimiz futbolining yillar davomida bosib o'tgan rivojlanish yo'liga juda mos etirofdir. Bu butun dunyoga o'zbek futbolining jahon miqyosida o'z o'rnini topib borayotganligini ko'rsatadi", – dedi O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov.

Shuni alohida takidlash kerakki, milliy jamoa Panini bilan faoliyat olib boradigan Markaziy Osiyodagi birinchi jamoaga aylanadi. Yillar davomida butun dunyo futbol ishqibozlari tomonidan sevib yig'ilgan Panini albomi endilikda terma jamoamiz va millatimiz ruhini aks ettiradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar