iks
ads

"Al Ittihod" portugaliyalik yosh futbolchini 30 mln evrodan oshiqqa xarid qildi

  • Mr.NoBoDy 06.09.2025 13:24
  • 168
  • 30

Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "Al Ittihod" o'z safiga yangi futbolchi qo'shib oldi.

Bu avvalroq "Braga"da o'ynagan vinger – Rojer Fernandesh. Futbolchining ketgani haqida Portugaliya jamoasi matbuot xizmati rasman malum qildi.

Saudiya Arabistoni klubi "Zenit" rahbariyatining vinger Pedroni qo'yib yuborishini kutib o'tirmadi va uning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ya qoldi. Transfer 32,5 million evroni tashkil qildi. Shuningdek, 2,5 million evro miqdoridagi bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.

19 yoshli vinger o'tgan mavsum "Braga" safida 48 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 22 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar