iks
ads

U-17 xalqaro musobaqasi. O'zbekiston Kanadani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi

  • Mr.NoBoDy 06.09.2025 17:32
  • 170
  • 30

Islom Ismoilov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

O'zbekistonlik futbolchilar 2-tur doirasida kanadalik tengdoshlariga qarshi to'p tepdi va asosiy vaqtda durangga erishdi (2:2). Musobaqa reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda vakillarimiz 6:5 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov mualliflik qildi.

U-17 xalqaro musobaqasi

Kanada – O'zbekiston 2:2 (penaltilar bo'yicha – 5:6)

Ispaniya. "Antonio Galyardo" stadioni. 17:00

Gollar: Abdusamad Saidov, Sadriddin Hasanov

O'zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi xalqaro o'rtoqlik turniri doirasidagi ikkinchi bahsda Kanadaga qarshi durang qayd etdi. 

O'zbekiston: 1.Ibrohim Shokirov, 3.Muhammad Hakimov, 4.Mo'minxon Bahodirxonov, 10.Muhammad Habibullaev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov, 20.Asilbek Aliev.

Zaxira: 12.Shohjahon Saidqulov, 21.Nematulloh Rustamjonov, 2.Mo'minjon Shuhratov, 5.Amirxon Muradov, 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov, 8.Abdusamad Saidov, 9.Nurbek Sarsenbaev, 13.Oyatillo Qaytmasov, 17.Jamshidbek Rustamov, 22.Faridjon Abdullaev, 23.Hojiakbar Yusufboev.

Islom Ismoilov shogirdlari ilk turda Angliyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar