37 yoshli polyak futbolchisining shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Manbaga ko'ra, taraflar shartnomani uzaytirish niyatida emas. Klubning sport direktori Deku esa Robertni keyingi mavsumda jamoaning asosiy markaziy hujumchisi sifatida ko'rmayapti.
Shuningdek, "Barselona" Levandovskiy o'rniga nomzodlar ro'yxatini ham tayyorlab bo'lgani aytiladi. Unda Aleksander Isak ("Liverpul"), Xulian Alvares ("Atletiko") va Erling Xoland ("Manchester Siti") kabi hujumchilar bor. Biroq iqtisodiy qiyinchiliklar sabab kataloniyaliklar hozircha ularni qo'lga kirita olmaydi.