iks
ads

Tomas Tuxel: "Ideal o'yin yo'q, ammo jamoam ko'p yaxshi tomonlarni ko'rsatdi"

  • Mr.NoBoDy 07.09.2025 13:24
  • 154
  • 30

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan o'rin olgan Andorraga qarshi o'yindan (2:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Biz g'alabaga munosib edik. Yana bir bor darvozamizni daxlsiz saqladik va uch ochko qo'lga kiritdik. Bizdan kutilayotgan narsa aynan shu. O'ylashimcha, to'rt yoki beshta gol urish imkoniyatimiz bor edi, chunki ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bu odatiy holat – zich himoyani yorib o'tish qiyin, lekin iyun oyidagi o'yinga nisbatan bu safar yaxshiroq harakat qildik.

– Jamoa o'zining ideal o'yiniga yaqinlashdimi?

– Afsuski, ideal o'yin degan narsa yo'q! Biz uni doim qidirib boramiz, lekin u hech qachon to'liq amalga oshmaydi. Shuning uchun murabbiy sifatida hech qachon butunlay mamnun bo'lmaymiz. Bu futbol murabbiyi hayotining bir qismi. Ammo bu safar tanqid qilishdan ko'ra ko'proq yaxshi tomonlarni ko'rdim. "Bizdan shu talab qilinadi, biz mana bunday va bundayroq qilishimiz kerak", degan tugunga tushib qolmayman, – deya Tuxelning so'zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar