"Hech qachon bu qadar chuqur dardni his qilmaganman. Jamoadoshlarim bilan gaplashmoqchi edim, lekin qo'limdan kelmadi. Hech narsa amalga oshmadi. Shok holatida edim. Biroz xavotirli va xafamon edim, chunki bu og'ir zarba edi. Uchta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega edik, ammo oxir-oqibat hech birini qo'lga kirita olmadik" — deydi Martines.
Argentinalik futbolchi 2018 yildan beri "Inter" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 95 million evroga baholangan.