"Oltin to‘p"ni topshirish marosimiga atigi ikki hafta qoldi. Futbol yulduzlaridan biri nufuzli mukofotni qo‘lga kiritadigan Parijdagi tantanali tadbir 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Oltin to‘p" marosimida boshlovchilardan biri futbol afsonasi Ruud Gullit bo‘lishi ma’lum qilindi. U britaniyalik sport teleboshlovchisi Keyt Skott bilan hamkorlikda ishlaydi.
Ruud Gullit - niderlandiyalik mashhur sobiq futbolchi. U 1987 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan.
"Oltin to‘p" FIFA reytingining top-100 taligiga kirgan mamlakatlar jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra topshiriladi. 2025 yilda Usmane Dembele, Lamin Yamal, Ashraf Hakimiy va Rafinya favorit hisoblanadi.