"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Eshpiritu Santu jamoani tark etdi. Istefoga portugaliyalik murabbiyning jamoa egasi bilan kelishmovchiligi sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Santu iyun oyida jamoa bilan yangi shartnoma imzolagandi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallagandi. "Nottingem" ayni vaqtda APLda 4 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog'onasida ketmoqda