"Gattuzo bilan ko'p gaplashganman. Men u bilan avval ham ishlamoqchi bo'lganman, lekin hozir terma jamoada bu sodir bo'layotganidan xursandman. U menga aytgan hamma narsani xuddi otam bilan bo'lgani kabi qadrlayman. Gattuzo barchamiz unga o'xshashimizni xohlaydi", – dedi futbolchi.
Italiyaliklar 8 sentyabr kuni JCH-2026 saralash turniri doirasida Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 5:4 hisobida g'alaba qozondi.