iks
ads

"Flamengo" klubi BMTdan o‘z muxlislarini alohida millat sifatida tan olishni so‘radi

  • Mr.NoBoDy 09.09.2025 22:22
  • 91
  • 30

Braziliyaning "Flamengo" futbol klubi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) o‘z muxlislarini alohida davlat sifatida tan olish so‘rovini yubordi.

"To‘g‘ri: qizil va qora xalq dunyodagi birinchi ramziy-madaniy millat sifatida tan olinishni istaydi. Biz bir tuyg‘u bilan birlashgan 45 milliondan ortiq xalqmiz. Bizning o‘z madaniyatimiz, o‘z hududimiz, o‘z bayrog‘imiz, o‘z tilimiz bor", - deyiladi "Flamengo" matbuot xizmati bayonotida.

Hozirda "Flamengo" o‘z niyatlarining jiddiyligini isbotlash uchun BMTga petisiya yuborish uchun imzo to‘plamoqda.

"Flamengo" 1895 yilda Rio-de-Janeyroda tashkil etilgan va Braziliyadagi eng mashhur klub hisoblanadi. U yetti marta milliy chempionatda va uch marta Libertadores kubogida g‘olib chiqqan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar