iks
ads

Eron terma jamoasi murabbiyi: "Bosh hakamning qarorlari faqat Eron zarariga bo'ldi. Qirg'iziston ham hakamdan jabr ko'rgandi"

  • Mr.NoBoDy 09.09.2025 15:48
  • 294
  • 30

Eron terma jamoasi murabbiylar shtabi vakili Andranik Teymuryan Cafa Nations Cup finalidan so'ng saytimizga intervyu berdi.

"Bosh hakamning qarorlari faqat Eron zarariga bo'ldi. Nega bunday bo'lganini bilmayman. Juda ko'plab xatolarni ko'rdim. VAR ham o'yinga bir necha marotaba aralashdi va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi, ammo VAR kartochkani bekor qildi. Qirg'iziston ham hakamdan jabr ko'rgandi. Bu ishlar qanday ro'y berayotgani va qizil kartochka nimaga asoslanganini bilmadim.

Oktyabr va noyabr oylarida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etamiz va shundan so'ng JCHga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", – dedi Andranik Teymuryan kechagi finaldan so'ng.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar