Jahon chempionati saralash turnirining ikkinchi bosqichida Armaniston terma jamoasi "Respublika" stadionida Irlandiya terma jamoasi bilan uchrashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Eduard Spersyan birinchi bo‘lim oxirida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Yegishe Melikyan shogirdlarining ikkinchi golini 51-daqiqada Grant-Leon Ranos kiritdi.
57-daqiqada mehmonlar hisobdagi farqni qisqartirishdi. "Roma"ning 20 yoshli hujumchisi Evan Fergyuson o‘zini ko‘rsata oldi.
F guruhida Armaniston terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
JCH-2026 saralash
Armaniston - Irlandiya - 2:1
Gollar: Eduard Spersyan, 45+1, Grant-Leon Ranos, 51 - Evan Fergyuson, 57