iks
ads

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi yig'inga kirishdi. Oldinda Yaponiya bilan o'yin bor

  • Mr.NoBoDy 09.09.2025 22:32
  • 86
  • 30

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Terma jamoaga chaqirilgan o'yinchilar poytaxtimizdagi "Velara" mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg'ulotlar esa "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziladi.

Mazkur yig'in 20–24 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi – 2026 saralash musobaqasi oldidan so'nggi ko'rik vazifasini o'tab beradi.

Yig'in davomida Osiyo qitasi grandlaridan biri – Yaponiya terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashish ham rejalashtirilgan. Kun chiqar mamlakati termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini 16 sentyabr kuni soat 17:00 da "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 18 sentyabr kuni Bishkekka uchib ketadi. Qirg'iziston Respublikasi poytaxtida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogining "F" saralash guruhida terma jamoamiz mezbonlardan tashqari Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi maydonga chiqishadi.

Murabbiylar shtabi bugun boshlanadigan yig'inga quyidagi futzalchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar – Abbos O'lmasbekov ("BMB PFC"), Shavkat Ibragimov (“Oil Star”), Doniyor Umarov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar – Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”), Mashrab Odilov ("BMB PFC"), Shahzod Sadiev ("BMB PFC").

Qanot o'yinchilari – Behruz Samiev (“Oil Star”), Husniddin Nishonov ("BMB PFC"), Eldor Nig'matov (“Lokomotiv”), Muhammadali Xusanboev ("BMB PFC").

Qanot hujumchilari – Elbek To'lqinov (“Oil Star”), Abror Axmedzyanov (OKMK), Muzaffar Abdukarimov (OKMK), Akbar Usmonov (SKB).

Hujumchilar – Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC"), Davlat Ibragimov ("BMB PFC").

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar