Bugun 9-sentyabr kuni Ispaniyaning Kadis shahrida U-17 Xalqaro o’rtoqlik turniri 3-tur uchrashuvlari o’tkazildi.
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoamizning gollariga Sayfiddin Sodiqov, Mo‘minxon Bahodirxonov va Xerez shahridagi yig‘inga jalb etilgan Xayrullo Ergashev (“Rot Veiss Ayntraxt”) mualliflik qildi.