iks
ads

Braziliya terma jamoasi o‘z tarixidagi eng yomon JCH saralashini o‘tkazdi

  • Mr.NoBoDy 10.09.2025 08:22
  • 48
  • 30

Braziliya terma jamoasi JCH-2026 Janubiy Amerika saralashining so‘nggi turida Boliviyaga yutqazib qo‘ydi - 0:1.

"Pentakampeonlar" 28 ochko bilan faqatgina beshinchi o‘rinni egalladi - bu birinchi bo‘lgan Argentinadan 10 ochko kam. Opta’ning qayd etishicha, braziliyaliklar o‘z tarixidagi eng yomon saralash kampaniyasini o‘tkazgan va umumiy ochkolarning atigi 52 foizini qo‘lga kiritgan. "Selesao"ning avvalgi eng yomon natijasi JCH-2002 saralashida qayd etilgan (56%) - o‘sha mundialda Braziliya g‘alaba qozongandi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyidan buyon Braziliya terma jamoasini Karlo Anchelotti boshqarib kelmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar