Braziliya terma jamoasi Karlo Anchelotti murabbiyligidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
"Selesao" JCH-2026 saralashining so‘nggi turida Boliviyaga safarda imkoniyatni boy berdi (0:1) va yakunda 5-o‘rinni egalladi.
Anchelotti Braziliyani shu yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida saralash turnirida jamoa Ekvador bilan durang o‘ynadi (0:0), Paragvay (1:0) va Chili ustidan g‘alaba qozondi (3:0).