iks
ads

Kolumbiyalik Luis Suares urugvaylik Luis Suaresning natijasini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 10.09.2025 08:33
  • 99
  • 30

Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Venesuelaga qarshi o‘yinda (6:3) poker qayd etdi.

Lissabonning "Sporting" klubi 27 yoshli vakili JCH-2026 saralashining so‘nggi tur uchrashuvida venesuelaliklarni dog‘da qoldirib, 4ta gol urdi. Opta xabariga ko‘ra, kolumbiyalik Suares 2011 yilda Chili bilan o‘yinda urugvaylik Luis Suaresdan keyin Janubiy Amerikadagi jahon chempionati saralashida poker qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Kolumbiya terma jamoasi saralash bosqichida Argentina va Ekvadordan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Jamoa AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan mundialda ishtirok etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar