iks
ads

"Yuventus" uzumzor aks etgan formasini taqdim etdi

  • Mr.NoBoDy 10.09.2025 14:16
  • 696
  • 30

Yuventus 2025/26 mavsum uchun Adidas’dan uchinchi forma to'plamini taqdim etdi.

«Uchinchi forma to'plamida Piemont uzumzorlaridan (Italiyadagi vinochilik madaniy manzarasi, 2014 yilda YUNESKO butun jahon merosi obekti sifatida etirof etilgan) ilhomlanib, mintaqa madaniy ustuni sifatida yaratilgan.


Qora, burgundiya va to'q yashil ranglar kombinaciyasi bilan to'ldirilgan hamda uzum rangidan ilhomlangan nafis grafika futbolkada chiroyli ochiladi. Natijada elegantlik va zamonaviylikni o'z ichiga olgan forma yaratildi: formani ko'chalarda ham, tribunada ham kiyish mumkin.


To'plam qora shortlar bilan to'ldirilgan, unda klub emblemasi, logotip va o'yinchilar raqamlarida fil suyagi rangidagi detallar, shuningdek, uchta to'q yashil chiziq mavjud. «Yuventus» yozuvi bilan qora getrlar obrazni yakunlaydi», – deyiladi "Yuventus" saytida.

Ўхшаш янгиликлар