France Football jurnali direktori Vensan Garsiya endi "Oltin to‘p"ning bo‘lajak sohibi ovoz berishda g‘alaba qozonishini oldindan bilishini istamaydi. Bu haqda ParisTeam xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan yillardan farqli o‘laroq, g‘olib "Oltin to‘p"ni topshirish marosimiga qadar ovoz berish natijalaridan xabardor bo‘lmaydi. Ta’kidlanishicha, endi hech qanday dastlabki fotosessiyalar va intervyular bo‘lmaydi, bu esa g‘olibning ismi yozilgan konvertni marosimda ochilgunga qadar sir saqlashga yordam berishi kerak. France Football kutilmaganlikka urg‘u bermoqchi.
"Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes hisoblanadi. Mukofotning yangi egasi 22 sentyabr kuni e’lon qilinadi.