iks
ads

Superliga. "Nasaf" - "Buxoro" 4:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 10.09.2025 19:40
  • 916
  • 30

"Nasaf" hamda "Buxoro" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 21-tur uchrashuvi boshlandi.

"Nasaf" — "Buxoro" 4:0 LIVE

10.09.2025, 19:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzakov

Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov

Nazarotchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Abdurashid Xo'dayberganov

AVAR hakami: Alisher Usmonov

Gol: Husayn Norchaev (Umar Eshmurodov) 13 1:0, Yusuf Otubanjo (Husayn Norchaev) 24, 2:0, Sharof Muhitdinov 29, 3:0, Yusuf Otubanjo (Husayn Norchaev) 31, 4:0

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 6.Murodbek Rahmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchaev, 19.Stefan Cholovich, 20.Yusuf Otubanjo, 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 55.Diyorbek Abdunazarov, 71.Javohir Ubaydullaev, 77.Oybek Bozorov.

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 6.Ravshan Xayrullaev (25.Frane Chiryak, 33), 10.Azizbek Amonov, 17.Javohir Ro'ziev, 19.Bilol Tupliev, 22.Toma Tabatadze, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosip Tomashevich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shohboz Jo'rabekov.

Zaxira: 31.Mardonjon Meliev, 4.Javohir Otamurodov, 5.Sardor Qulmatov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Anvarjon Jo'raev, 11.Ibrohim No'monov,  88.Dominik Begich, 95.Nodirbek Ahmadjonov.

Ogohlantirish: Frane Ikich ("Buxoro") 27



YANGILASH



37. "Buxoro"ga tanaffus zarur. Jamoaning harakatlari o'xshamayapti.

31. GOL. "Nasaf" gol urishdan to'xtamayapti. Yusuf Otubanjo dubl muallifiga aylandi, 4:0

29. GOL. "Nasaf" yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov jarima zarbasini aniq ijro etdi va tablodagi raqamni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

27. OGOHLANTIRISH. Frane Ichik

24. GOL. "Nasaf"ning ikkinchi davrada olgan yangi futbolchisi Yusuf Otubanjo markazdan kirib borib Shirinboy Abdullaev darvozasini ishg'ol qildi, 2:0

17. Nasrullaevning raqib jarima maydonchasi ichiga bergan uzatmasini Shirinboy Abdullaev qaytardi. To'p Jo'rabekovga tegib darvozaga borayotgandi.

15. Norchaevning goli inobatga olindi.

15. Bosh hakam VAR monitori oldiga bordi. 

13. GOL. Husayn Norchaev hisobni ochdi. Lekin qanot hakami o'yindan tashqari holat qayd etdi. Eshmurodovda o'yindan tashqari holat bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni ko'rmoqda.

12. ZARBA. Amonovning Nematov darvozasi tomon yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq ko'rinish oldi.

5. To'p nazoratidagi ustunlik "Nasaf" jamoasida. Karpenko shogirdlari tartibli himoyalanmoqda.

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Ўхшаш янгиликлар