Omar Marmush Misr va Burkina-Faso terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2026 saralash o'yinida (0:0) tizzasidan jarohat oldi va 9-daqiqada almashtirildi.
«Shaharliklar» Misrda o'tkazilgan dastlabki tekshiruvlar futbolchi 14 sentyabrda «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmasligini ko'rsatganini xabar qildi.
Hujumchi Angliyada qo'shimcha tekshiruvlardan o'tadi.