"Atalanta" forvardi Ademola Lukman faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli nigeriyalik futbolchini Londonning "Arsenal" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Kanonirlar" futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.
Avvalroq matbuotda Lukmanning xizmatlariga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ademola joriy mavsum 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.