"Liverpul" rahbariyati amaldagi kelishuv yakuniga qadar Trent Aleksandr-Arnoldni Madridning "Real" klubiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya grandi mersisaydliklarga 26 yoshli himoyachi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati startiga qadar jamoaga qo‘shilishi uchun ramziy ma’noda bir million yevro taklif qilgan. Biroq ingliz klubi futbolchini shartnomasi yakuniga qadar saqlab qolish niyatida taklifni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr-Arnold 5 may kuni "Liverpul"ni tark etishini e’lon qilgandi. U o‘z klubi safida 353 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 92 ta golli uzatmani amalga oshirgan.