"Bornmut" markaziy himoyachisi Din Xeysenning "Real"ga o‘tishi "Yuventus"ga foyda keltiradi.
Chorshanba oqshomida turli manbalarning ma’lum qilishicha, ispaniyalik grand "Bornmut" bilan 20 yoshli futbolchining transferini 58 mln yevroga kelishib olgan. Football Italia xabariga ko‘ra, summaning 10 foizi (5,8 mln yevro) Xyoysenning sobiq klubi "Yuventus"ga o‘tadi.
Din 2021 yildan 2024 yilgacha "keksa sinyora" sharafini himoya qilgan. O‘tgan yozda turinliklar ispaniyalik yulduzni "Bornmut"ga 15 mln yevrodan sal ko‘proqqa sotgan edi. "Giloslar" safida markaziy himoyachi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.