Londonning "Arsenal" klubi Madridning "Real" klubining qanot hujumchisi Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olmaslikka qaror qildi.
Braziliyalik futbolchi bahordanoq "to‘pchilar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanardi, biroq endi uning transferi ehtimoldan yiroq. Madrid Zone xabariga ko‘ra, "Arsenal" futbolchining maosh bo‘yicha talablarini haddan tashqari yuqori deb baholamoqda. London grandi rahbariyati 24 yoshli futbolchining vakillari tomonidan ilgari surilgan talablarni qondirmasligini aniq-ravshan ko‘rsatib qo‘ydi.
Rodrigoning "Real"ni tark etishi haqidagi mish-mishlar qanot hujumchisining jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega emasligi tufayli noroziligidan kelib chiqqan. Transfermarkt braziliyalik yulduzning qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.