Martinelli "The Mirror" nashriga bergan intervyusida "Arsenal"dagi raqobat bilan bog'liq vaziyat Braziliya terma jamoasidagiga o'xshashligini aytdi. Futbolchi titullarni qo'lga kiritishda yordam bera oladigan sifatli futbolchilar jamoa uchun muhim ekanini takidladi.
"Madueke va Ezening kelganidan juda xursandman. Yonimizda shunday yaxshi o'yinchilar borligidan mamnunmiz. Mavsumda ko'p o'yinlar bo'ladi, ular davomida ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin", – deya qo'shimcha qildi Martinelli.
Eslatib o'tamiz, Gabriel Martinelli joriy mavsum "kanonirlar" safida Angliya chempionatida 2 o'yin o'tkazdi. Braziliyalik futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.