Gollarga boy o'tgan o'yinda maydon egalari 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu o'yinda jamoa etakchisi Lyupcho Doriev 2 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi. O'yindan so'ng u fikrlarini bildirdi.
"Nima ham deyish mumkin? O'zbekistonning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynadik. Jamoamiz bu o'yinda juda yaxshi harakat qildi, biz kerakli vaqtda gollar urdik. Jamoadoshlarimni g'alaba bilan tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Doriev.
"So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni mehmonda "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.