iks
ads

Superliga. "Navbahor" – "Surxon" o'yinida hisob ochilmadi

  • Mr.NoBoDy 12.09.2025 21:32
  • 365
  • 30

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Surxon" uchrashuvi yakunlandi.

"Navbahor" – "Surxon" 0:0

12.09.2025

Bosh hakam: Timur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmatov

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR hakami: Ravshan Abdivahidov

AVAR hakami: Nasibabonu Toshmұhammedova

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 12.Saidazamat Mirsaidov, 19.Mirzohid G'ofurov, 24.Doston Abdulhaev, 99.Igor Gabriel, 5.Julio Sezar (14.Jamshid Boltaboev, 62), 70.Abbos G'ulomov (21.Rian Islomov, 70), 55.Kamoliddin Tojiddinov, 13.Benjamin Teidi, 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 70), 11.Muhammadali G'iyosov (71.Navro'z Iminjonov, 74)

Zaxira: 41.Ozodbek Marufov, 17.Ruslan Jiyanov, 15.Javohir Abdujabborov, 36.Gilerme Gedesh, 7.Azim Ahmedov

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 7.Doston Tursunov (19.Muhammadali Abdurahmonov, 74), 66.Behruz Shaydulov, 4.Nodirxon Nematxonov, 22.Javohir Jo'raev,6.Behzod Shamsiev, 99.Sunnatilla Poyonov (20.Sardor Mahmudov, 74), 24.Sherzod Komilov (15.Diyor Ramazonov, 62), 77.Asadbek Karimov (27.Asilbek Jumaev, 62),  8.Humoyun Sherbo'taev (18.Nodir Abduxoliqov, 27), 10.Rustam Turdimurodov

Zaxira: 86.Davron Merganov, 5.Jamoliddin Xo'janiyazov, 26.Behro'z Shukurullaev, 9.Muhsin Bozorov

Ogohlantirishlar: Igor Gabriel (14), Doston Abdulhaev (15), Julio Sezar (20), Javohir Jo'raev (85)

MATNLI TRANSLYACIYA

O'yin yakunlandi.

90+2. "Surxon" bosh murabbiyiga sariq kartochka ko'rsatildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

86. Boltaboevning uzatmasi hech kimga tegmagan holda maydonni tark etdi.

85. Javohir Jo'raev qo'pollik uchun ogohlantirildi.

84. Shukron Yo'ldoshev qanotdan uzatilgan to'pni ikkinchi urinishda qiyinchilik bilan egalladi.

80. Teidining zarbasi xavfli, ammo noaniq.

79. Turdimurodovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

74. "Surxon"da ikki, "Navbahor"da bir o'zgarish.

73. Poyonovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

70. "Navbahor" tarkibida ikki o'zgarish.

66. Igor Gabriel raqib hujumini bartaraf etdi.

62. "Surxon"da ikki, "Navbahor"da bir o'zgarish.

59. Zarba! Tursunovning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

53. Turdimurodovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. O'rinboev bir raqibini aldab, jarima maydoniga kirib bordi, ammo uning uzatmasini himoyachi bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+5. Zarba! O'rinboevning jarimadan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi. Ikki jamoa darvozabonlarining familiyasi bir xil ekan. 

45+4. O'rinboevga nisbatan fol. Jarima zarbasi.

45+3. Zarba! Turdimurodovning yaqin masofadan bosh bilan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

O'yin davom etadi. Penalti belgilanmadi.

42. "Surxon" yordamchi murabbiyi etiroz uchun ogohlantirildi.

Hakam VAR bilan ehtimoliy penaltini muhokama qilmoqda.

40. Abdulhaev himoyada ishonchli harakat qildi. Dastlab u Turdimurodovni zararsizlantirdi, so'ngra zarbaga to'siq vazifasini o'tadi.

38. G'iyosov hujumda Komilovga fol ishlatdi.

35. Julio Sezar himoyada ishonchli harakat qilib, Turdimurodovdan to'pni olib qo'ydi.

30. Turdimurodov ofsaydda qolib ketdi.

27. "Surxon"da o'zgarish.

25. Sherbo'taevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

23. O'rinboev tepgan to'pni Yo'ldoshev egalladi.

20. Julio Sezar Turdimurodovni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

19. Tojiddinovning jarimadan yo'llagan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. 

15. Endi Abdulhaev qo'pollik uchun ogohlantirildi.

14. Igor Gabriel Tursunovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

11. Turdimurodovning zarbasiga raqib futbolchisi "blok" qo'ydi.

10. Shaydulovning uzatmasi yuqori bo'lgani sababli sheriklari eta olmadi.

9. Abdulhaev raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi.

3. G'ulomovning zarbasi darvoza ustuni va to'sishgan nuqtaga tegib qaytdi.

1. O'yin boshlandi.

Ўхшаш янгиликлар