iks
ads

Unai Emeri "Manchester Yunayted" etiborida

  • Mr.NoBoDy 15.09.2025 17:08
  • 564
  • 30

"Manchester Yunayted" "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Bu haqda "GiveMeSport" malum qildi.

Ispaniyalik murabbiy "qizil iblislar" boshqaruvchisi sifatida Ruben Amorimning potencial davomchisi sanaladi.

Malum qilinishicha, Birmingem klubi Emeri qo'l ostidagi hozirgi natijalardan ko'ngli to'lmayapti – jamoa APLning dastlabki to'rt turida bor-yo'g'i 2 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda. Bu holat "Yunayted"ga uni taklif qilishni osonlashtirishi mumkin.

MYU ham mavsumni yaxshi boshlamadi: jamoa 4 ochko bilan 14-o'rinda ketmoqda. O'tgan yilning noyabr oyida Lissabonning "Sporting" jamoasidan kelgan Amorim klub va muxlislar umidini oqlay olmadi.

Unai Emeri tajribali murabbiy bo'lib, "Sevilya"dagi muvaffaqiyatli faoliyati, Evropa Ligasida qatorasiga uch marta g'olib chiqqani, shuningdek, "Vilyarreal" va "Arsenal"dagi faoliyati bilan mashhur.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar