Bu polshalik forvard Dortmundning "Borussiya"sida o'ynaganida sodir bo'lgan.
"Fergyuson menga qo'ng'iroq qilgan, keyin men u bilan qayta bog'langanman. U men bilan gaplashgan, lekin uning talaffuzidan hech narsani tushunolmaganman. Uning so'zlarini tushunish uchun diqqatimni jamlashga harakat qilganman. Men: "Albatta, albatta", dedim, biroq aslida hech narsani tushunolmasdim. Umuman olganda, men unga ha deganman va transfer, menimcha, yaqin edi. Ammo Dortmund prezidenti meni sota olmasligini aytgan. Bu qulay fursat emasdi", – deya voqealar rivojini esladi Robert.