La Liganing 4-turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda (2:1) Madrid jamoasi himoyachisi Din Xeysen maydon markazida qarshi hujumni to'xtatgani uchun qizil kartochka oldi.
Marca xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar"ning futbolchilari hakam Xesus Xil Mansano darvozagacha bo'lgan masofada yana bir himoyachi bo'lishiga qaramay, ikkilanmasdan qizil kartochka ko'rsatish qarorini qabul qilganidan hayron bo'lishdi.
"Real" o'yinchilari orasida "Qirolli klubi"ga nisbatan hakamlar qattiqqo'lroq bo'lishyapti, boshqa etakchilarga esa yumshoqroq munosabatda bo'linayotgani haqidagi fikrlar paydo bo'lgan. Ular bir xil epizodlar turli klublar o'yinlarida boshqacha talqin qilinayapti deb hisoblashmoqda.