FIFA sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro o‘yinlar kunini birlashtirdi.
FIFA rasmiy saytidagi jadvalga ko‘ra, kelasi mavsumdan boshlab sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffuslar taxminan uch hafta davom etadigan bitta tanaffusga birlashtiriladi. Shu bilan birga, noyabr pauzasi o‘zgarishsiz qoladi.
Avvalroq, bu vaqt oralig‘ida har bir terma jamoa hozirgidek 2 ta emas, 4 tagacha o‘yin o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
2026 yilda birinchi kuzgi xalqaro tanaffus 21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha davom etadi. Yangi jadval kamida 2030 yilgacha amal qiladi.